19:20 / 02.12.2019
3 114

Ichida oʻzbeklar va tojiklar boʻlgan avtobus Qozogʻistonda YTHga uchradi

Ichida oʻzbeklar va tojiklar boʻlgan avtobus Qozogʻistonda YTHga uchradi
Bugun “Samara – Chimkent” yoʻlida 74 nafar yoʻlovchini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kazavtojol MK” AJ matbuot xizmati boshligʻi Marjan Ordabayga asoslanib Zakon.kz xabar bergani aytilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Neoplan avtobusi haydovchisi tezlikni oshirib, masofani saqlamagani uchun Daf yuk mashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Hodisa Qiziloʻrda oblastidagi Shijaga qishlogʻi yaqinidagi yoʻlning 1131-kilometrida sodir boʻlgan.
Xabarda aytilishicha, avtobus salonida Oʻzbekiston va Tojikistonning jami 74 fuqarosi boʻlgan. Ular xavfsiz joyga olib oʻtilib, dastlabki yordam koʻrsatilgan.

Jumladan, ikki nafar jarohatlangan yoʻlovchiga Orol tuman shifoxonasida tez tibbiy yordam berilgan. Ular shifoxonaga oyoq sinish jarohati bilan olib kelingan. YTH tafsilotlari oʻrganilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ichida oʻzbeklar va tojiklar boʻlgan avtobus Qozogʻistonda YTHga uchradi