19:45 / 02.12.2019
2 627

Yaponiya AQSH harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazishi uchun 146 mln dollarga orol sotib oladi

Yaponiya AQSH harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazishi uchun 146 mln dollarga orol sotib oladi
Foto: Wikipedia
Yaponiya hukumati AQSH harbiy mashgʻulotlari oʻtkazilishi uchun hech kim yashamaydigan xususiy orolni 146 mln dollarga sotib olishga rozi boʻldi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Kagosima prfekturasidagi Magesima orolini sotib olish boʻyicha 29-noyabr kuni kelishuvga erishilgan.
Orolda AQSH harbiy mashgʻulotlari uchun obyekt qurilishi “yaqin vaqt ichida” boshlanadi, dedi hukumat bosh kotibi.

Hozirda AQSH harbiy-havo kuchlarining mashgʻulotlari Tokiodan 1,2 ming km uzoqlikda joylashgan Ivodzima orolida oʻtkazilmoqda. Vashington Ivodzima AQSHning Ivakuni shahridagi harbiy bazasidan uzoq masofada ekanligi sababli mashgʻulotlar oʻtadigan joyni oʻzgartirishni talab qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya AQSH harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazishi uchun 146 mln dollarga orol sotib oladi