06:30 / 03.12.2019
2 690

“Tolibon” toʻrt yil nazorat qilgan tuman ozod etildi

“Tolibon” toʻrt yil nazorat qilgan tuman ozod etildi
Afgʻoniston mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, janubiy Hilmand viloyatining Marja tumani “Tolibon” harakatidan ozod qilingan. Ushbu tuman toʻrt yildan beri toliblarning nazoratida edi.

“Anadolu” agentligi xabariga koʻra, tumanni ozod qilish operatsiyasida 37 jangari yoʻq qilingan.

Afgʻonistondagi siyosiy hokimiyat uchun qurolli kurashlar oʻtgan asrning 70-yillari oxiridan buyon toʻxtamayapti.

2018-yilda mojarolarning yettinchi bosqichi boshlandi. 2015-yildan eʼtiboran NATOning asosiy kuchlarini Afgʻonistondan olib chiqish boshlandi va mamlakatda mahalliy hokimiyatni qoʻllab-quvvatlash uchun oz kontingent qoldi. Hukumatga qarshi kurashni turli guruhlar, jumladan, “Tolibon” davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” toʻrt yil nazorat qilgan tuman ozod etildi