09:48 / 04.12.2019
4 158

Arab dunyosida koʻpxotinlilikning urfdan qolishi sabablari maʼlum qilindi

Arab dunyosida koʻpxotinlilikning urfdan qolishi sabablari maʼlum qilindi
Foto: “RIA Novosti”
Liviya, Marokash, Tunis, Jazoir va Mavritaniya kabi arab mamlakatlarda koʻpxotinlilik tobora urfdan qolmoqda. Bu haqda Marokashdagi Muhammad VI nomli sotsiologiya universiteti professori Muxtor al-Harras arab dunyosida oila holati mavzusiga bagʻishlangan forumda maʼlum qildi.

Olimning maʼlum qilishicha, Liviyada murakkab vaziyat va iqtisodiy sabablarga koʻra, koʻpxotinlilik holatlari soni kamaydi. Tunisda esa 1975-yilda koʻpxotinlilikni taqiqlovchi qonun qabul qilingan. Marokashda 2004-yilda bir vaqtning oʻzida bir nechta nikohdan oʻtishga toʻsiq qoʻyadigan qonun qabul qilindi. Xususan, bir necha xotinga uylanishni istagan erkak bir nechta shartlarni bajarishi lozim, xususan, birinchi xotinning ruxsatini olish shartlardan biri sanaladi.

Qayd etilishicha, Jazoirda koʻp xotinli erkaklar soni juda kam. Jamiyatda esa koʻpxotinlilik gʻoyasi qoʻllab-quvvatlanmaydi. Mavritaniyada koʻpxotinlilik jamiyatning muayyan qatlamlari orasidagina keng tarqalgan.

Olimning aytishicha, koʻpgina arab davlatlarida koʻpxotinlilik oʻz dolzarbligini yoʻqotayotganining sababi sifatida erkaklarning bugungi kunda barcha xotinlari va bolalarini teng darajada taʼminlay olmasligi koʻrsatilmoqda.

Arab ayollari orasida esa koʻpxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda koʻpincha ayollar va bolalar huquqlari buzilishi haqidagi fikr tobora keng ommalashmoqda.

Taʼkidlanishicha, Magʻribdagi arab davlatlarida erkaklar hali ham oʻz ayollarining ishlashini qabul qila olmaydi. Ushbu davlatlarda oilalarning uchdan bir qismida ayolning ishlashi er bilan kelishmovchiliklarga sabab boʻladi. Mintaqaning eng feministik mamlakati hisoblanadigan Tunisda aynan shu turdagi kelishmovchiliklar koʻproq uchraydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arab dunyosida koʻpxotinlilikning urfdan qolishi sabablari maʼlum qilindi