17:23 / 05.12.2019
5 498

Uyatsiz sahnalari borligi uchun “Hollywood”ning takliflaridan voz kechgan aktyor

Uyatsiz sahnalari borligi uchun “Hollywood”ning takliflaridan voz kechgan aktyor
Avstraliyalik mashhur kinoaktyor bor, Rashod Strik (Reshad Strik) degan. Shu insonning hayotini “Youtube”dagi “Yangi kunga marhabo” (“yeni güne merhaba 716.bölüm”) koʻrsatuvida oʻz ogʻzidan eshitib, juda ham hayratlandim. Unga yillar davomida “Hollywood”dan bosh rol takliflari keladi va hali hanuz takliflar keti uzilmagan. Lekin “men uchun taklif qilinayotgan filmlarning toʻqson foizida bosh rolda oʻynaydigan odam, albatta, begona ayollar bilan oʻpishishi kerak. Axir, bu halol emas!”, deydi qahramonimiz.

U, ehtimol, Hollivudning eng oldi aktyorlaridan biri boʻlardi. Buning uchun unda barcha imkoniyat yetarli ham edi. Ammo “rizq Allohdan!”, deya noislomiy filmlarda oʻynashdan bosh tortgan Rashod Strik “Ertugʻrul” filmida ikkinchi darajali rollardan birini oldi. Gʻarb olamidagi glamur hayot va yuksak karyeraga uncha qiziqmadi. Katta gonorarli filmlarda asosiy rolda suratga tushishdan voz kechdi va Turkiyaga kelib, musulmoncha filmlarda qatnashishni afzal bildi.

Uning hikoya qilishicha, otasi musulmon, onasi esa xristian boʻlgan. Ammo, otasi sovet paytining odami boʻlganligidan shunchaki, nomiga musulmon boʻlib namoz oʻqimas ekan. Onasi esa dindor xristian boʻlgan ekan. Ular toʻrt farzandli boʻlganlar va ularning bari erkak farzand boʻlgan.

Rashod Strikning onasi farzandlarini xristiancha maktabga bermoqchi boʻlgan, har yakshanba cherkovlarga olib bormoqchi boʻlgan. Ammo otasi musulmon boʻlganligi uchun bunga qarshi boʻlgan va oilada tinimsiz janjallar yuz bergan.

Oxiyri “onam Islomga qiziqa boshladi va Qurʼonni oʻrganishga kirishdi. Unda hamma narsaga javob bor edi. Natijada onam hidoyat topib, Islomni qabul qildi”, deya hikoya qiladi Rashod. “Otam bundan sarosimaga tushib qoldi. Chunki u bunday burilishni aslo kutmagan edi”.

Onam shundan soʻng Islomni astoydil oʻrgana boshladi. Unga qattiq muhabbat bilan bogʻlanib qoldi. Soʻngra, bizlarni (bolalarni) namoz oʻqishimizni talab qila boshladi. Maktabdan kelishimiz bilan ”qani, darhol tahorat qilib, namozlaringizni oʻqib oling!“, deya buyurardi. Biz toʻrttovlon aka-ukalar bir jamoat boʻlib namoz oʻqirdik”.

Onam otamni ham hidoyatga chorladi. ”Juma namoziga chiqing, har kuni besh vaqt namoz oʻqing!“, deya otamning ham namozxon boʻlishlariga sabab boʻldi”, deya onasini xotirlaydi aktyor. - “Vaholanki, Avstraliyada masjid judayam kam”.

Rashod Strik “Oilaning yangi aʼzosi” (ailenin yeni üyesi) degan mualliflik koʻrsatuviga asos solgan boʻlib, mazkur koʻrsatuv orqali dunyoning turli burchaklarida yashaydigan musulmon jamiyatlardagi oilalarning ahvoli va hayot tarzi bilan yaqindan tanishadi. Ular bilan birga yashaydi, birga mehnat qiladi va shu tariqa, “oilaning yangi aʼzosi” boʻladi. Ularni dunyoga tanishtiradi.

“Youtube”da nashr qilinadigan mazkur koʻrsatuv juda ham qiziqarli va foydalidir. Tomosha qilishni tavsiya qilaman.

Alisher Sultonxoʻjayev

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyatsiz sahnalari borligi uchun “Hollywood”ning takliflaridan voz kechgan aktyor