Habib Nurmagomedovning otasi Qozog‘istondan yordam so‘radi

  • 06 dekabr 2019, 10:50
  • 3 376
  • Dunyo
  • Habib Nurmagomedovning otasi Qozog‘istondan yordam so‘radi
    Foto: «Mmaboxing.ru»
    Dog‘istonlik (Rossiya) UFC chempioni Habib Nurmagomedov (28-0)ning otasi Abdulmannop Nurmagomedov, nima qilib bo‘lmasin, amerikalik Toni Fergyuson (25-3)ga qarshi bahorda o‘tkaziladigan jangda o‘g‘lining yonida bo‘lmoqchi, deb yozadi «Xabar.uz» nashri.

    Ammo bu osonmas: katta Nurmagomedov viza so‘rab qilgan ko‘p karra murojaatlarga AQSh konsulxonasi rad javobini bergan. Boshqa umid qolmagach, u Qozog‘iston orqali hujjat topshirmoqchi.

    «Viza olishga urinyapman. Hujjatlarni Qozog‘istonga yubordim. Chaqirishlari kerak. 22-sanada (dekabr) Olmaotada bo‘laman. Suhbatdan o‘tish umididaman», — dedi Abdulmannop Nurmagomedov.

    Nurmagomedov — Fergyuson jangi 2020 yilning 8 aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilishi belgilangan. Ular oldin ham to‘rt marta o‘zaro jang qilishga urinib ko‘rishgan, ammo har safar jarohatlar pand berib, megafayt amalga oshmay qolgan.

    » » Habib Nurmagomedovning otasi Qozog‘istondan yordam so‘radi