21:15 / 07.12.2019
2 250

Qozog‘istondagi eng katta bukmekerlik kompaniyalaridan biri yopib qo‘yildi (video)

Qozog‘istondagi eng katta bukmekerlik kompaniyalaridan biri yopib qo‘yildi (video)
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi faoliyati tugatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar qiladi.

Qo‘mitaning Olmaota departamenti prokuratura organlari bilan birgalikda “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi tomonidan qimor biznesini tashkil etish bo‘yicha sudgacha tergovni jarayonlarini boshlagan.

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati
Tergovchilarning ta’kidlashicha, kompaniya Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunchilik normalarini buzgan holda, internet resurslari orqali soliq to‘lamasdan litsenziyalanmagan faoliyat turidan daromad olgan.

“Qozog‘istondan noqonuniy pul yuvish kanallari aniqlandi va yopildi. Moliyaviy jinoyatlar sohasiga tegishli boshqa harakatlar qayd etildi. 2019 yilning 29 noyabrida Olmaota ixtisoslashgan tumanlararo sudi “Olimp” bukmekerlik kompaniyasi savdo belgisi ostidagi TOO Only bet hamda TOO Alpha bet'larga berilgan amaldagi litsenziyani olti oy muddatga to‘xtatib qo‘ydi”, deyiladi MXQ xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi eng katta bukmekerlik kompaniyalaridan biri yopib qo‘yildi (video)