Eron Trampning nihoyasiga yetayotgan prezidentlik vakolatiga dosh bera oladimi?

  • 08 dekabr 2019, 09:57
  • 1 030
  • Dunyo
  • Eron Trampning nihoyasiga yetayotgan prezidentlik vakolatiga dosh bera oladimi?
    Hasan Ruhoniy. Foto: AP
    2018 yil may oyida AQSh Eron bilan imzolagan yadro kelishuvi dasturidan chiqar ekan, Tehronga iqtisodiy jazo choralari tatbiq etdi. Bu Eronning YaIMi kamayishiga sabab bo‘ldi. Tehron iqtisodiyoti tanazzul yoqasida bo‘lmasa-da, vaqt uning foydasiga ishlamayotgani aniq.

    AQShdagi 2020 yilgi saylov yaqinlashar ekan, Tramp hukumati bilan muzokaralar olib borish kerakmi, yo‘qmi, degan masala muhim bo‘lib turibdi, deb yozadi The Project Syndicate nashri. Tramp saylovda yutib chiqishi kerak. Eron hukumatiga aloqador ayrim rasmiylar saylovda demokratlar g‘alabasini kutish kerakligini aytmoqda.

    Saylovda Tramp g‘alaba qozonsa, uning siyosiy pozitsiyasi yanada kuchayadi. Tehron muzokarani hozir boshlasa, Tramp ma’muriyati yon berishga majbur bo‘lishi mumkin. Ammo Eron saylov natijasini kutadigan bo‘lsa, bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Eronning bugungi kundagi iqtisodiyotini baholash qiyin. Moliyaviy jazo choralari qo‘llanilganidan so‘ng mamlakatning yo‘qotishlari 5–15 foiz tegrasida deb aytilmoqda. Eronliklarning o‘zi mamlakat iqtisodiyoti bahordan boshlab o‘sish pallasiga kirdi demoqda, lekin kuzatishlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti bu yil 9,5 foizga qisqardi.

    Bu Eron hukumatida qizg‘in bahslar boshlanishiga turtki berdi. Bir tomonda mamlakatni tayoq yordamida boshqarayotgan Xomanaiy tarafdorlari iqtisodiyotni og‘ir vaziyatda qayta qurishga tish-tirnog‘i bilan harakat qilmoqda. Ularning nazarida, neft savdosi borasida yo‘qotishlar bo‘lsa-da, boshqa sohalarda yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. 2018 yilda Eron milliy pul birligi – riyol qiymatini 70 foizga yo‘qotsa-da, hamon konvertasiya qilinadigan valyuta bo‘lib qolmoqda. Bu esa moliya sohasida o‘ziga xos o‘sish borligidan darak beradi.

    Bandlik borasidagi raqamlar ham hukumatda qoniqish uyg‘otmoqda. O‘tgan yilgi ish bilan ta’minlanish darajasi 3,3 foizni tashkil etgan edi. Ishsizlik darajasi 10,5 foiz bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikdagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Bu nimadan dalolat? Bu hukumat iqtisodiyotni qayta qurayotganidan dalolat beradi.

    Keskin choralar tarafdorlarining ta’kidlashicha, «iqtisodiy qarshilik» harakati tashqi savdoga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni qaramlikdan, xususan, G‘arbga qaramlikdan ozmi-ko‘pmi ozod qildi.

    Ammo prezident Hasan Ruhoniy va uning islohotchilik kayfiyatidagi hukumati iqtisodiyotdagi yuksalish vaqtinchalik xususiyatga ega deyish bilan birga davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oldini olmoqchi emas. Ularning nazarida, riyolni zarb qilish foydalidir. Ular pul massasining ortib ketishi inflyasiyaga zamin hozirlashidan boxabarmi?

    Kundalik ehtiyojlarni mashaqqat bilan qoplayotgan Eron davlat sektori ayni paytda xorij sarmoyasining o‘rnini qoplaydigan darajada emas. Xususiy sektor esa moliyalash borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Sababi, aksar banklar to‘lov salohiyatiga ega emas.

    Jahli chiqqan qalampir tishlabdi deganday, hukumat uranni boyitish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Maqsad dunyo hamjamiyatiga AQSh yadro kelishuvdan chiqishi xato ekanini ko‘rsatishdir.

    Aslini olib qaraganda, Eron AQSh talablariga ko‘ndi va yadro kelishuviga bordi. U siyosiy o‘yinlarning beayb qurboniga aylandi.
    G‘arb Eronning uranni boyitish ishlari borasida bir to‘xtamga kelishi shart. Bu mintaqadagi xavfsizlik masalasiga hissa qo‘shadi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eron Trampning nihoyasiga yetayotgan prezidentlik vakolatiga dosh bera oladimi?