PISA testi natijalari nima xulosalarni berdi?

  • 08 dekabr 2019, 10:33
  • 636
  • Dunyo
  • PISA testi natijalari nima xulosalarni berdi?
    15 yoshli maktab o‘quvchilarining savodxonlik darajasini tekshirish imkonini beradigan xalqaro testning 2018 yilgi natijalari e’lon qilindi.

    Testda yettinchi marotaba qatnashayotgan Germaniya uchun natijalar haqiqiy shok bo‘ldi. Buyuk Britaniya maktablari uchun esa kutilmagan syurprizga aylandi.

    PISA testining yangi natijalariga ko‘ra, xitoylik o‘quvchilar eng aqlli deb topildi. Ularning britaniyalik tengqurlari eng baxtsiz o‘quvchilar qatoriga qo‘shilib qoldi.

    PISA (Program for International Assessment) test sinovi Rossiya o‘quvchilari bilimida ijobiy o‘zgarishlar sezilayotganini aks ettirgan.
    Shunga qaramay, o‘zini dunyoning ikkinchi mamlakati, ikkinchi qudrati deb hisoblayotgan Rossiya Federatsiyasi uchun natija maqtangudek emas.

    PISA har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. U turli mamlakatlarda 15 yoshli o‘quvchilar qay darajada bilim olayotganini sinovdan o‘tkazadi.

    Dastlabki PISA imtihonida o‘zini ta’lim cho‘qqisiga erishgan deb hisoblovchi davlatlar ta’lim tizimi Singapur, Gonkong, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan tizimiga dosh berolmaganidan hayratga tushgan edi.

    Spigel nashri bir jurnalist firklaridan iqtibos keltiradi:
    «Tadqiqotlar nemis ta’lim tizimi istalgan natijalarni bermayotganidan shikoyat qilayotgan bir vaziyatda nemis siyosatdonlari «ajoyib nemis ta’lim maskanlari» haqida gapirishdan charchamayapti. 2001 yil ham keldi. PISA birinchi marta o‘tkazildi. Natijalar nemislarni hayratlantirdi. Nemis o‘quvchilarining saviyasi boshqa mamlakatlarning o‘rtacha darajasiga ham yetib bormasligi nemis ta’lim tizimi rahbarlari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. PISA o‘sha vaqtlarda Germaniya ta’lim tizimiga kuchli turtki berdi. Bugun nemis o‘quvchilari bilim darajasining dunyo mamlakatlaridan past bo‘lmagan natijani ko‘rsatib kelmoqda».

    Bu yilgi natija xitoylik o‘quvchilar hatto singapurlik va tayvanlik tengdoshlaridan-da o‘zib ketganini ko‘rsatmoqda.

    2018 yilgi PISA testida asosan Shanxay, Pekin, Szyansu va Guandun viloyatlari o‘quvchilari erishgan yuqori natijalar PISA testi ham tanqidga uchrashiga sabab bo‘ldi. Tanqidchilar nazarida, milliarddan oshiq aholiga ega Xitoyning faqat g‘arblashgan sharqiy hudulari o‘quvchilariga bunday imkoniyatni berish adolatdan emas.

    So‘nggi 18 yil mobaynida PISA tashkilotchilari ozmuncha tanqid eshitmadi. CNN nashri PISA o‘quvchilarning haqiqiy bilimini tekshirish o‘rniga ularni bellashuvchilarga aylantirib qo‘yayotganini aytsa, Le Monde testni himoya qildi. Nashr PISA zarurligini, tashkilotchilar testga insonparvarlik maqomini berish uchun o‘quvchilarning maktabdagi hayoti borasida so‘rov kiritganini ta’kidlab o‘tdi.

    PISA natijalari Britaniya jamoatchiligini shok holatiga tushirdi: mamlakatda dunyodagi eng baxtsiz o‘quvchilar yashayotganini ko‘rsatdi. «Hayotingizdan mamnunmisiz?» degan savolga aksar britaniyalik o‘quvchilari o‘zini shaxsiy hayotda baxtsiz his etayotganini aytdi.

    Britaniya ta’lim muassasalari PISA’ning bu so‘rovini beye’tibor qoldirmadi. Ta’lim xodimlari bu mamlakatdagi ayanchli vaziyat in’ikpsi ekanini, mutasaddilari chora ko‘rishi lozimligini aytdi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » PISA testi natijalari nima xulosalarni berdi?