09:13 / 09.12.2019
3 094

«Vijdonsizlarga Nobel mukofoti berilmasligi kerak»

«Vijdonsizlarga Nobel mukofoti berilmasligi kerak»
Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin avstriyalik yozuvchi Peter Xandkega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berilishini tanqid qildi.

Bu aqlsiz va sharmandali qarorni bekor qilish zarur. Nobel mukofoti vijdonsizlarga berilmasligi kerak. Yoki bu yangi genotsidni taqdirlash uchun qilinyaptimi?”, – deya yozdi u Tvitterdagi sahifasida.

Gap shundaki, Peter Xandke Srebrinitsada serb harbiylari musulmonlarni qirganini inkor etib keladi va serblarning sobiq yetakchisi Slobodan Miloshevichni qo‘llab-quvvatlagan.

Shved akademiyasining sobiq matbuot kotibi, tarixchi Peter Englud esa yozuvchiga mukofotni topshirish marosimida qatnashishni istamasligini ma’lum qildi.
Agar qatnashadigan bo‘lsam, ikkiyuzlamachilikka yo‘l qo‘ygan bo‘laman”, – dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Vijdonsizlarga Nobel mukofoti berilmasligi kerak»