09:36 / 09.12.2019
3 089

Xitoydan qochgan ikki qozoq Xitoyga topshiriladigan bo‘ldi

Xitoydan qochgan ikki qozoq Xitoyga topshiriladigan bo‘ldi
Xitoydan Qozog‘istonga qochib o‘tgan qozoq millatiga mansub ikki kishi Xitoyga topshiriladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Darxan Dilmanov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda KazTAG.

Uning aytishicha, bu kishilar chegarani noqonuniy kesib o‘tgan va Qozog‘istonda noqonuniy tarzda qolishga haqqi yo‘q. Shuning uchun sud yakunlangandan keyin kelgan joyiga, ya’ni Xitoyga jo‘natib yuborildi.

Xitoylik Qaster Musaqanuli va Murager Alimuli 1 oktyabr kuni Qozog‘istonga qochib o‘tgan. Ular Xitoy hukumatining etnik ozchiliklarga nisbatan yuritayotgan siyosati tufayli qochganini ma’lum qildi. 10 oktyabr kuni Almatiga kelib, Xitoyda “qayta tarbiyalash lageri”da bo‘lishganini aytishdi va Qozog‘istondan siyosiy boshpana so‘rashdi. Keyinroq har ikkisi ham hisbga olindi.

Kuni kecha Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Deutsche Welle muxbiri bilan suhbatda Sharqiy Turkistonda qozoqlar ommaviy ravishda ta’qibga uchrayotgani haqidagi gaplarga ishonmasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydan qochgan ikki qozoq Xitoyga topshiriladigan bo‘ldi