23:23 / 09.12.2019
7 055

Erdo‘g‘an: “Boylar zakot bersa, musulmon yurtlarda kambag‘al qolmaydi!”

Erdo‘g‘an: “Boylar zakot bersa, musulmon yurtlarda kambag‘al qolmaydi!”
Agar musulmonlar zakot berganida edi, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda qashshoqlik muammosi qolmasdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi konferensiyasida ana shunday fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, dunyodagi musulmon mamlakatlar katta tabiiy boyliklar va strategik joylashuvga ega.

Ammo musulmon davlatlarning dunyo iqtisodiyotidagi umumiy ulushi 10 foizga ham yetmaydi. Bundan ham achinarlisi, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aholining 21 foizi – 350 million kishi qashshoqlikda kun kechirmoqda. Milliy daromad va rivojlanganlik borasida ham mamlakatlarimiz orasida katta farq borligini ko‘ryapmiz.

Eng boy musulmon davlat va eng kambag‘al musulmon mamlakat o‘rtasidagi farq 200 baravardan ortiqni tashkil etadi. Demak, musulmonlar o‘zaro zakot muassasasini ishga tushirishmayapti. Musulmonlar o‘zlarining orasida zakot beradigan bo‘lsa, musulmon o‘lkalarda qashshoq qolmaydi
”, – dedi Erdo‘g‘an.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: “Boylar zakot bersa, musulmon yurtlarda kambag‘al qolmaydi!”