20:55 / 10.12.2019
3 002

Indoneziyada besh burchakli suzib yuruvchi masjid quriladi

Indoneziyada besh burchakli suzib yuruvchi masjid quriladi
Indoneziyaning mashhur Jaya Ancol kompaniyasi direktori Sehir Shahali suzib yuruvchi masjid mamlakat poytaxti Jakartadagi Ancol Dreamland sohil bo‘yi parkida qurilishini ma’lum qildi.

The Jakarta Post nashrining yozishicha, qurilishida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishi rejalashtirilgan ushbu masjid 2000 kvadrat metr maydonda 2500 kishiga mo‘ljallab barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 50 milliard Indoneziya rupiysiga (taqriban 3,5 million AQSh dollar) teng deb baholanmoqda.

Masjidning besh burchak shaklida quriladigan ko‘rinishi Islom dinining 5 ustuni va musulmonlar uchun kunlik 5 mahal namozga ishora bo‘lsa, uning 25 metr balandligi esa Qur’onda ismlari kelgan 25 nafar Payg‘ambarlarga (alayhumussalom) ramziylashtirilgan.

Shuningdek, masjid hovlisiga iymonning 6 shartlari yozilgan minoralar ham qurilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada besh burchakli suzib yuruvchi masjid quriladi