17:47 / 11.12.2019
3 144

Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi

Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurollangan kishi Chexiyaning Ostrava shahridagi kasalxonada kutish xonasida olti kishini o‘ldirgan. Qurollangan politsiya uch soat o‘tgach, mashinada o‘zini o‘zi otib o‘ldirganlikda gumon qilingan shaxsning jasadini topishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra qurollangan shaxs kasalxonaga bemor sifatida kirgan.

Otishma natijasida to‘rt erkak va ikki ayol halok bo‘ldi, yana uch kishi yaralandi, ikkitasi og‘ir. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonada bo‘lganlar.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda qurol ko‘targan shaxs kasalxonadan chiqib mashinada qochishga uringan.
Uni qo‘lga olish uchun 2 ta vertolyot jalb qilingan. Natijada gumondor shaxs o‘zini otib o‘ldirgan.

Politsiya ushbu otishma orqasida kim turganini aniqlashga harakat qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu otishma orqasida turgan odam bu o‘sha qurol ko‘tarib tahdid qilgan shaxs bo‘lib chiqqan.
Hozirda o‘sha hudud atrofidagi maktablar, bozorlar va shifoxonalarda patrul xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bosh vazir Andrey Babis olti kishi halok bo‘lganini tasdiqlab, chet el safarini bekor qildi va Ostrava shahriga borishga qaror qilgan, deya xabar beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi