11:16 / 12.12.2019
3 072

Trampni “Rossiyani buyuk qilishda” ayblashdi

Trampni “Rossiyani buyuk qilishda” ayblashdi
Foto: The New York Times
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, senator Emi Klobushar AQSh prezidenti Donald Trampni uning “Amerikani yana buyuk qilamiz” shioriga so‘z o‘yini qilib, “Rossiyani buyuk qilishda” aybladi.

Men uning Putin bilan quchoqlashishi Amerikani buyuk qilishini eshitishni istardim. Biroq bu Amerikani buyuk qilmayapti. Bu Rossiyani buyuk qilmoqda”, deb aytgan senator Vashingtonda xalqaro munosabatlar kengashidagi nutqida.

Klobusharning aytishicha, Tramp Suriyadagi ittifoqdosh kurdlarni musibatda qoldirmasligi kerak. Senator shuningdek Tramp NATOga a’zo davlatlarning ba’zi yetakchilari uning ustidan hazil qilishgani ma’lum bo‘lgandan keyin arazlab NATO sammitidan ketib qolganini kulgu ostiga olgan.

Odamlar sen haqingda hazil qilishgani uchungina ketib qolish kerak emas. Butun dunyodan ketib bo‘lmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan senator.

Klobushar agar prezident etib saylansa, o‘z oldiga qo‘yadigan ustuvor vazifalar orasida “AQShning dunyodagi yetakchiligini tiklash”, Tramp chiqib ketgan xalqaro kelishuvlarga yana qo‘shilish, ittifoqdoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘lishini aytgan.

Joriy haftada Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgani uchun tanqid qilinmoqda. Nufuzli kongressmenlardan biri Adam Shiff ushbu uchrashuvni “Rossiya tashviqoti g‘alabasi” deb atagan, senatdagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer esa uchrashuvni unga jurnalistlar qo‘yilmagani uchun “maxfiy” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampni “Rossiyani buyuk qilishda” ayblashdi