10:23 / 13.12.2019
2 511

Buyuk Britaniyadagi saylovlar: Brexit tarafdorlari g‘alaba qozondi

Buyuk Britaniyadagi saylovlar: Brexit tarafdorlari g‘alaba qozondi
Boris Jonson / Foto: REUTERS
Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi saylov natijalariga ko‘ra parlamentda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita oldi. Bundan saylov uchastkalaridan chiqish chog‘ida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari darak bermoqda.

Sky News telekanali tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, konservatorlar 368 o‘rinni qo‘lga kiritdi, Jeremi Korbinning Leyboristlar partiyasi - 191 o‘ringa ega bo‘ldi. Shotlandiya milliy partiyasi 55 o‘rin, «Liberal-demokratlar» 13 o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Yashillar»da bitta o‘rin, qolgan 22 o‘rin esa saylovda qatnashgan boshqa partiyalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Ko‘pchilik o‘rinni olish uchun konservatorlar Britaniya parlamentining 650 o‘rinli quyi palatasida kamida 326 o‘ringa ega bo‘lishlari kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Buyuk Britaniyada muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Amaldagi bosh vazir Boris Jonson ularni o‘tkazish tarafdori edi, u 31 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqini tark etishi lozimligini talab qilgan, biroq tomonlar «ajralish» tartibi va kelgusi munosabatlar to‘g‘risida kelishuvga erisha olmagan. O‘z navbatida, Britaniya parlamenti Bryussel bilan bitimsiz YeIdan chiqib ketishga qarshi chiqdi va Jonsonga Brexit’ni kechiktirish majburiyatini yukladi. Endi Brexit 2020 yil 31 yanvarga rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyadagi saylovlar: Brexit tarafdorlari g‘alaba qozondi