13:46 / 13.12.2019
3 644

Turkmaniston korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam qoʻydi

Turkmaniston korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam qoʻydi
Foto: “Tipstravels.com”
Turkmaniston hukumati korrupsiya jinoyatida jazoga hukm etilganlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlarini qoʻllamaslikka qaror qildi, deya xabar berdi “Neytralnыy Turkmenistan” gazetasi.

Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamed Turkmaniston Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tegishli qonunni imzoladi.

Mazkur kodeksning 80-moddasida korrupsiya va giyohvand moddalar, psixotrop moddalar prekursorlarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlari qoʻllanilmasligi qayd etib qoʻyildi.

Giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarga nisbatan amnistiya va afv etish qoʻllanilishi 2015-yilda bekor qilingandi.
Mazkur qonun rasman chop etilgandan kundan boshlab kuchga kiradi.

Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari va muhim sanalar sharafiga yiliga toʻrt-besh marta oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston korrupsiyaga qarshi kurashda muhim qadam qoʻydi