15:33 / 14.12.2019
2 760

Grenlandiyadagi muzliklar 30 yil oldingiga qaraganda yetti marotaba tezroq erishni boshlagan

Grenlandiyadagi muzliklar 30 yil oldingiga qaraganda yetti marotaba tezroq erishni boshlagan
Foto: Pixabay
Ma’lumki, iqlim o‘zgarishi natijasida Grenlandiyaning muz qatlami tez sur’atlar bilan qisqarib bormoqda. Biroq, so‘nggi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, erish tezligi avvalgi taxminlarga qaraganda ancha yuqori.

Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, bugungi kunda Grenlandiya 1990-yillarga qaraganda har yili yetti marotaba ko‘proq muz yo‘qotmoqda.

Olimlarning xulosalari Grenlandiya muzliklarini har tomonlama o‘rganishga asoslangan. Mutaxassislar barcha sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanib, muzning dengizga tushish tezligini va muzliklar massasining kamayishini tahlil qilishdi.

Agar 30 yil oldin yillik erish hajmi 33 milliard tonnani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ular 254 milliard tonnaga yetdi. Shu bilan birga, Shimoliy qutb yaqinida joylashgan barqaror muzliklar buzilishni boshlagan.

Umuman olganda, so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida okeanda Grenlandiyadan 4 trillion tonna erigan muz paydo bo‘ldi, bu o‘rtacha dengiz sathi 1 sm.ga ko‘tarilishiga tengdir.

Dengiz sathining 1 sm.ga ko‘tarilishi ahamiyatsiz bo‘lib tuyulsa-da, biroq u 6 million odam toshqinlar hududida qolib ketishi uchun yetarli sanaladi.

Kelajakda muammo faqat kuchayadi, deb ogohlantirmoqda olimlar. Dunyoda kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan Grenlandiya muzliklarining erish tezligini qayta ko‘rib chiqish iqlimshunoslarni dengiz sathining ko‘tarilishi prognozlarini salbiy darajada yozishga majbur qiladi. Yaqinda BMT mutaxassislari Antarktidadagi muzlarning yo‘qolishi haqidagi yangi ma’lumotlar tufayli prognozni salbiy tomonga o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiyadagi muzliklar 30 yil oldingiga qaraganda yetti marotaba tezroq erishni boshlagan