19:41 / 14.12.2019
4 110

Afg‘onistonda 7 nafar harbiy 25 xizmatdoshlarini otib tashlab, toliblar tomonga o‘tib ketdi

Afg‘onistonda 7 nafar harbiy 25 xizmatdoshlarini otib tashlab, toliblar tomonga o‘tib ketdi
Afg‘onistonning G‘azna viloyatida 14 dekabr kuni kechasi 7 harbiy xizmatchi o‘zlarining 25 xizmatdoshlarini otib tashlab, qurol-yarog‘larni olib, toliblar tarafga o‘tib ketishdi. Bu haqda 1TV telekanali xabar berdi.

Voqea Qorabog‘ tumanining Liyon Bozor postida bo‘lgan. Afg‘oniston milliy mudofaa vazirligining xabar berishicha, qurbonlar soni 9 kishi.
"Kecha kechqurun Afg‘oniston milliy armiyasining 9 askari G‘azna viloyatining Qorabog‘ tumanida tolib askarlari tomonidan o‘ldirildi" deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Bu jinoyatga mas’ullikni Tolibon bo‘yniga oldi. Jangarilarning xabar berishicha, ular 32 harbiy xizmatchini o‘ldirib, bir tank va avtomobilni izdan chiqarishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda 7 nafar harbiy 25 xizmatdoshlarini otib tashlab, toliblar tomonga o‘tib ketdi