16:45 / 16.12.2019
2 260

Lukashenko soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi

Lukashenko soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi
Foto: Nataliya Fedosenko/TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ish samaradorligini baholashga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishni talab qilar ekan, soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi.

"Menga hisobot berishlaricha, bizda hali ham rejali majburiyat tizimiga barham berilmagan, deyarli hamma: militsiya, bojxona, soliq, o‘t o‘chirish xizmati, sanstansiya va boshqalar shu bilan mashg‘ul. Ish shungacha yetib boradiki, rahbariyat xodimlardan kuniga uchta-beshta qonunbuzarlik aniqlangani to‘g‘risida bayonnoma olib kelishni talab qiladi, bayonnoma yo‘q bo‘lsa xodim mukofotsiz qoladi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, buning uchun sud va tergovsiz qamash kerak", dedi u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, aks holda bu muammoni tag-tugi bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi.
Uning fikricha, ishning asosiy natijasi aniqlangan qonunbuzarlik va yozilgan jarimalar soni emas, balki profilaktik ta’sir hisoblanadi.

Lukashenko amaldagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksda har qanday nizoli holatni jazolash yo‘li bilan hal etish ko‘zda tutilgani, bu sovet davridan qolganini ta’kidladi. U ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunchilikka keng miqyosdagi o‘zgartirishlar kiritishni buyurdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko soxtakorlik bilan shug‘ullanayotgan mansabdorlarni hech qanday sud va tergovlarsiz qamashni taklif qildi