00:02 / 17.12.2019
5 220

Xabarovskda 70 qirg‘iz va 20 o‘zbek haydovchilari OMON tarafidan kaltaklandi

Xabarovskda 70 qirg‘iz va 20 o‘zbek haydovchilari OMON tarafidan kaltaklandi
Xabarovskda OMONchilar 80 ga yaiin migrant-haydovchilarni ushlab, bir necha soat davomida kaltakladilar. Bu haqda «Azzatik» radiosiga Qirg‘iziston fuqarolari aytib berishdi. «Ozodlik» radiosi ham 20 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari kaltaklangani haqida xabar tarqatdi.

Shaharda yetti oydan beri haydovchilik qilayotgan qirg‘izistonlik Samarbek Osmon uuluning so‘zlariga ko‘ra, 12 dekabr kuni xavfsizlik kuchlari I.P.Vasilev avtoparkining 80 ga yaqin haydovchisini hibsga olib, kaltaklagan va hujjatlarini tortib olgan.

“Meni ertalabgacha urishdi. Hujjatlarim yo‘qligi sabab kasalxonaga ham yotolmadim. Hozir uydaman, ahvolim yomon. Qovurg‘am singan. Yuzimda kaltak alomatlari yo‘q, biroq butun tanam ko‘kargan. Ular hattoki nimada ayblashayotganini ham aytishmadi”, - deydi haydovchi.

U, shuningdek, o‘n kishiga mo‘ljallangan xonaga olib kirishganini va u yerda 3 nafar niqobli shaxslar kaltaklaganini aytdi. Samarbekning aytishicha, ular ba’zilarni “migratsiya hujjatini chaynashga va suv bilan yutishga” majburlagan.

Boshqa bir jabrlanuvchi Jirg‘albekning aytishicha, xavfsizlik xodimlari kaltaklashdan oldin kuzatuv kameralarini yopib qo‘yishgan. "Ular: senlar qizildan o‘tasanlar, deb baqirib, bizni bezorilar deb atadi. Bizning basharalarimiz ularni g‘azablantirdi", dedi u. Shuningdek, 5 nafar haydovchini rosa do‘pposlashganini qayd etdi.

Qirg‘izistonning Xabarovskdagi konsuli Qodirbek Mirzaboyev jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlayotgan 17 nafar fuqaro OMON tomonidan kaltaklangani haqida shikoyat olinganini tasdiqladi. Shu munosabat bilan konsullik IIV, prokuratura hamda FXXga nota yo‘llanganini ma’lum qildi va javobi kelasi haftada aytilishini ta’kiblab o‘tdi. Mirzaboyevning qo‘shimcha qilishicha, notaga jabrlanuvchilarning tibbiy ma’lumotnomalari ham ilova qilingan.

Shuningdek, kaltaklangan muhojirlar Moskvadagi huquq himoyachisi Valentina Chupikka murojaat qilishdi.

13 dekabr kuni Xabarovsk viloyati Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida Xabarovskda "noqonuniy muhojir" reydi bo‘lib o‘tgani haqida xabar paydo bo‘ldi: reyd davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 73 nafar fuqaro aniqlangan. Migratsiya nazorati bo‘limida tekshirilgandan so‘ng, politsiya 12 kishi Rossiyada bo‘lish tartibini buzganligini aniqladi.
Suhbatdosh politsiyachilar ushlaganlarni tongi 3-4 larda qo‘yib yuborganini, ayrimlarning hujjatlari va telefonlarini qaytarib bermaganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xabarovskda 70 qirg‘iz va 20 o‘zbek haydovchilari OMON tarafidan kaltaklandi