13:13 / 17.12.2019
2 910

Leningradda yo‘l qurilishida ishlab, ish haqini ololmagan o‘zbekistonliklar to‘polon ko‘tardi

Leningradda yo‘l qurilishida ishlab, ish haqini ololmagan o‘zbekistonliklar to‘polon ko‘tardi
Foto: «Fontanka.ru»
16 dekabr kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Tosnenskiy tumani Fedorovskoye qishlog‘i hududida joylashgan sanoat zonasida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari oylik maoshlarini ololmayotganidan shikoyat qilib, to‘polon ko‘tardi, deb yozadi «Fontanka.ru».

Muhojirlar «Ija Astaldi-Ij Ichtash» turk-italyan kompaniyasi ishlab chiqarish maydonida ish tashlagan.

Qayd etilishicha, ushbu kompaniya Moskva—Peterburg M11 trassasining katta qismini qurgan. Ushbu trassadagi harakatni 27 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ochib bergan.

Politsiyachilar 120 ga yaqin o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini ichki ishlar bo‘limiga olib ketgan. Ulardan 40 nafarida Rossiyada bo‘lish qoidalari buzilgani qayd etildi.

Qayd etilishicha, kompaniya 16 dekabr kuni 17 million rubl (1780 dollar) dan ortiqroq ish haqini to‘lab bergan. Yana 44 million rubl (4600 dollar) qarz qolgan, ushbu summa esa oy oxirigacha to‘lab berilishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Leningradda yo‘l qurilishida ishlab, ish haqini ololmagan o‘zbekistonliklar to‘polon ko‘tardi