Mashhur futbolchi Mesut O‘zilning Sharqiy Turkistondagi vaziyat haqidagi tanqidiga Xitoy hukumati rasmiy munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Yevronyus”.
“O‘zil avvalroq Sharqiy Turkistonga kelgani yoki kelmaginini bilmayman. Aftidan, u yolg‘on xabarlarga aldanibdi. Agar O‘zilning vaqti bo‘lsa, Sharqiy Turkistonga kelishini va hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishini istaymiz”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ging Shuang. Uning ta’kidlashicha, futbolchi Sharqiy Turkistonda boshqacha narsalarga guvoh bo‘ladi.
Mesut O‘zil 13 dekabr kuni Tvitterdagi sahifasida Sharqiy Turkistondagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini aytib, musulmon mamlakatlarni bu zulmga befarqlikda ayblagan edi. Shundan so‘ng Xitoyning CCTV davlat telekanali Mesul O‘zil a’zosi bo‘lgan “Arsenal” jamoasining “Manchester Siti” bilan uchrashuvi namoyishini dasturdan olib tashladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»