11:53 / 18.12.2019
2 704

Xitoyning butunjahon senzurasi

Xitoyning butunjahon senzurasi
Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Mesut O‘zil Xitoyning Shinjondagi uyg‘urlar/musulmonlarga qilayotgan repressiyasi haqida yozib, butun dunyo musulmonlari bunga nisbatan jim turganini tanqid qilib chiqdi.

"Arsenal" tezkorlik bilan Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bunga munosabat bildirib, O‘zilning gaplari uning shaxsiy fikri ekanligini va klub siyosatga aralashmasligini ma’lum qilgan. Futbol klubining bunday tezkor reaksiyasi Xitoyda biznes manfaatlari borligi tufayli ekanligi aytilmoqda.

Shunga o‘xshash holat AQSHning Milliy basketbol ligasining Xitoyda eng ko‘p muxlisga ega jamoasi boshqaruvchisi Gongkongdagi namoyishlarni qo‘llab-quvvatlab chiqqanida kuzatilgan. O‘shanda jamoa ehtiyotkorlik bilan munosabat tayyorlashga ketkazgan vaqti ichida xitoylik homiylar shartnomalarni bekor qilishga ulgurgan va liga 4 milliard dollardan quruq qolgan edi. "Arsenal"ning tezkor reaksiyasi shunday holatning oldini olish uchun bo‘lgan.

Bu Xitoy nafaqat mamlakat ichkarisida, balki butun dunyoda ham senzuradan qanday foydalana olishini ko‘rsatib beradi. Ya’ni, Xitoy bilan bog‘liq biznes manfaatlariga ega bo‘lsangiz, Pekin siyosatini tanqid qilmasligingiz lozim, aks holda foydadan quruq qolasiz. Aksariyat hollarda bu foyda sezilarli ekanligi tufayli ko‘pchilik tilini tiyishga majbur.

Biznesni tushunsa bo‘ladi - foyda olish uchun siyosatga aralashmaslik - oddiy holat. Biroq butun boshli davlatlar ham bu yo‘ldan borishi Xitoyga bog‘liqlik qanchalik jiddiyligini anglatadi. Masalan, BMTda Shinjondagi lagerlarni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarning aksariyati musulmon davlatlar, jumladan ularning orasida Saudiya Arabistoni va Turkiya bor.

Umuman, ushbu davlatlar ro‘yxati Xitoydan qarzdorlar ro‘yxati bilan solishtirilsa, vaziyat ancha oydinlashadi. Xullas, Xitoy endi qo‘shma deklaratsiiyalarda Xitoyning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashni talab qilish bilan cheklanmayapti.

Manba: @tashqaridaUZ

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning butunjahon senzurasi