17:12 / 21.12.2019
19 502

Fillar haqida qiziqarli faktlar

Fillar haqida qiziqarli faktlar
Yer yuzida fillarning 2 turi mavjud bular: Afrika fillari, Afrika qit’asida yashovchi fillar va Hindiston fillari (yoki Osiyo fillari ham deyiladi), Osiyoning janubi-sharqida yashovchi fillar. Bu jonzotlarning bo‘yi 4-4,5 metr balandlikkacha yetadi, og‘irligi esa 7 tonnagacha yetishi mumkin hamda fillar quruqlikda yashovchi eng katta hayvon hisoblanadi.

Fillar haqida 17 ta qiziqarli fakt
1. Afrika fillari hind fillaridan kattaroq bo‘ladi. Afrika fillarining quloqlari hind fillarining quloqlaridan deyarli 3 marta katta bo‘ladi.

2. Fillarning o‘ziga xos hususiyatlaridan biri bu - ularning hartumi hisoblanadi. Fillarning xartumida 40 000 ga yaqin individual mushaklari mavjud. Fillar xartumlari yordamida hidlashadi, narsalarni paypaslab ko‘rishadi, suv ichishadi, ovqat olishadi va hattoki juda ham aniq amallarni bajara olishadi, misol uchun yerda turgan gugurt donachasini ham ko‘tara olishadi.

3. Fillar xartumlari yordamida muloqot qilishadi, xartumlarining signali 1 kilometr masofagacha yetib boradi va fillar shu masofada muloqot qilishlari mumkin. Fillar xartumlari yordamida 30 ga yaqin signal turida muloqot qilishadi.

4. Fillarning boshqa bir ahamiyatli jihati ularning tuslari hisoblanadi. Bu fillarning tepa jag‘ qismida joylashgan 2ta yirik tishlaridir. Afrika fillarining erkak va urg‘ochisida ham yirik tuslari mavjud. Hind fillarida esa faqat erkak fillarda mavjud, urg‘ochilarida esa yo‘q.

5. Fillarning tuslaridan tashqari tishlari ham bor 4 ta va bu tishlar 8-10 yil mavjud bo‘ladi, keyin esa yedirilib to‘kiladi va bu tishlar o‘rniga yangisi chiqadi. Bunday jarayon 6 marta bo‘ladi. Filning oxirgi (6-marotaba o‘sgan tishlari) yedirilib to‘kilganidan so‘ng fillar vafot etishadi. Fillarning tishi 3 kilogrammgacha bo‘ladi.

6. Fillar o‘simliklar bilan oziqlanishadi (o‘tlar, barglar, shoxlar, ildizlar va hokazo), bir kunda 180-200 kilogrammgacha shunday o‘simliklar bilan oziqlanishadi, bu o‘simliklarni topish uchun fillar bir sutkada 100 kilometrgacha masofa bosib o‘tishadi.

7. Fillar 60-80 yil umr ko‘radi. Fillarning balog‘at yoshi 15-20 yosh hisoblanadi.

8. Fillar 50 yoshgacha tug‘ishi mumkin. Urg‘ochi fillar homilador bo‘lgandan keyin taxminan 22-24 oy deganda ko‘zi yoriydi. Chaqaloq fillar yirik bo‘lib tug‘ilishadi va taxminan 100 kilogram bo‘lishadi. Egizak fillarning tug‘ilishi juda ham kam uchraydigan holat.

9. Yangi tug‘ilgan chaqaloq fillar tug‘ilishi bilan oyoqda tura olishadi, lekin ularning ko‘zi ko‘rmaydi shuning uchun ona filni xartumlari bilan ushlab yurishadi. Chaqaloq fillar boshlanishiga suvni xartumida emas, balki og‘zida ichadi.

10. Hind fillarining oldingi oyoqlarida 5 ta barmoqlari bor, orqa oyoqlarida esa 4 ta.
11. Odatda fillar 2-6 km/s bilan harakatlanishadi, lekin qisqa vaqt ichida 35-40 km/s tezlikgacha chiqishlari mumkin.

12. Faqatgina bitta turdagi sutemizuvchilar sakray olishmaydi - fillar.
13. Fillarning yurak urishi 1 daqiqasiga 27 marotaba. Fillarning yuraklari 30 kilogramm bo‘ladi.

14. Fillar Taylandning milliy hayvoni hisoblanishadi. Asrlar davomida fillar zodagonlik belgisi ham bo‘lishgan. Hamma oq fillar Tayland qirolligi mulki hisoblanishgan.
15. Fillar tik turib guruh bo‘lib uxlashadi, bola fillar esa yon tarafi bilan yotib uxlashadi.

16. Fillarning terisi juda ham qalin bo‘ladi, ba’zi joylarida terisining qalinligi 3,5-4 santimetrgacha bo‘ladi.
17. Fillar juda ham aqlli hayvonlar sirasiga kiradi. Fillar juda ham yaxshi xotiraga ega. Fillarni qo‘lga o‘rgatish mumkin (asosan hind fillarini, afrika fillarini esa qo‘lga o‘rgatish juda ham qiyin, afrika fillari hind fillariga nisbata agressiv bo‘ladi), ular 60 ga yaqin buyruq ishoralarini o‘rgana olishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fillar haqida qiziqarli faktlar