20:33 / 18.12.2019
3 081

Tojikiston uchun Xitoyga qaraganda O‘zbekiston bilan savdo qilish foydali - iqtisodchi

Tojikiston uchun Xitoyga qaraganda O‘zbekiston bilan savdo qilish foydali - iqtisodchi
Siyosiy iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov Tojikiston uchun Xitoy bilan emas, balki O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan hamkorlik qilish foydali tomonlari haqida Sputnik Tojikiston’ bilan suhbatda o‘z fikrlarni aytdi.

“Bu asrlar davomida shakllangan tabiiy mantiq. Albatta, Xitoyga savdoni yo‘naltirish qiziq, lekin Xitoy bozorlarini o‘zining arzon tovarlari bilan osonlikcha to‘ldiradi, bu esa tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi”, - deb ta’kidladi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tovar zanjirlarini qurish mintaqaga iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlanishni sezilarli darajada tezlashtirishga, shu orqali o‘z ta’sirini kuchaytirishga imkon beradi.

Koltashev ta’kidlashicha, Tojikiston uchun qo‘shnilar bilan savdo-sotiq o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish va Yevroosiyo hamkorligi va integratsiya formatidagi munosabatlar uchun zamin yaratadi.

“Tojikiston asosan xom ashyo eksport qiladi. Turkiya, Eron va Xitoyga eksport xajmi qisqarishi dunyodagi qiyin iqtisodiy vaziyatning ifodasidir. Ular Tojikistondan xom ashyo iste’molini ko‘paytirishga tayyor bo‘lgan davlatlar emas”, - deb tushuntirdi iqtisodchi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozir mamlakat chet eldan hamma narsani faol ravishda import qilmoqda, ammo agar iqtisodiyotni rivojlantirishga e’tibor qaratilsa, bu kelajakda mahalliy resurslardan faol foydalanishni o‘z ichiga olgan o‘z ishlab chiqarishga e’tibor qaratishiga imkon beradi.

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlik Tojikiston iqtisodiyotiga yanada ko‘proq qiziq bo‘lib bormoqda. Bu barcha mamlakatlar uchun rivojlanish imkoniyatini bermoqda, deb xulosa qildi Koltashev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston uchun Xitoyga qaraganda O‘zbekiston bilan savdo qilish foydali - iqtisodchi