Xitoy «sun’iy Quyoshni» ishga tushirishga tayyorlanmoqda

  • 19 dekabr 2019, 19:53
  • 1 869
  • Dunyo
  • Xitoy «sun’iy Quyoshni» ishga tushirishga tayyorlanmoqda
    HL-2M / Xinhua
    «HL-2M tokamak» nomli qurilma – atrof-muhitga zarar yetkazmay olinadigan energiyaning deyarli cheksiz manbayi deb ta’riflanmoqda.
    Qurilma Quyosh uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiluvchi termoyadro reaksiyasidan aynan nusxa ko‘chirish uchun mo‘ljallangan.

    Xitoy ushbu toroidal qurilmasini 2020 yilda ishga tushirishi kutilyapti. Bu haqda ushbu loyiha ustidan ish olib borayotgan olimlardan biri Duan Xuruga asoslanib, Xinhuanet xabar berdi.

    Bunga qadar o‘nlab yillar davomida favqulodda qaynoq plazmani sintez yuz berishi uchun yetarlicha uzoq vaqt yopiq va barqaror holatda ushlab turishning iqtisodiy samarali usulini topish katta muammo bo‘lib kelayotgan edi.

    Xitoyning tokamaki bu muammoni vanihoyat hal eta oladigan yoki hech bo‘lmaganda yechimni topishda olg‘a harakatlanish imkonini beradigan qurilmaga aylanishi mumkin.

    «HL-2M qurilma yadrosi ajratadigan issiqlik va zarralarni samaraliroq qayta ishlash uchun turlicha yondashuvlarning termoyadro plazmasiga qanchalik mosligi yuzasidan tadqiqotchilarga qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi», – dedi yadro fizikasi bilan shug‘ullanuvchi olim Jeyms Harrison Newsweek bilan suhbatda (u loyihadan bevosita xabardor emas, tafsilotlar sir saqlanadi).

    Qayd etish joiz, xitoylik tadqiqotchilar mart oyida mazkur qurilma 2019 yil oxiriga qadar qurib bitkazilishini taxmin qilishgan edi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy «sun’iy Quyoshni» ishga tushirishga tayyorlanmoqda