21:08 / 21.12.2019
2 721

Donald Tramp kosmik qo‘shin tuzilishini rasman ma’lum qildi

Donald Tramp kosmik qo‘shin tuzilishini rasman ma’lum qildi
Kadr: CNN
Prezident Donald Tramp AQSH kosmik qo‘shin tuzilishini rasman ma’lum qildi. Bu haqda u mudofaa budjetini imzolash marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Oq uydagi amaldorlarning fikrlariga ko‘ra mazkur qaror tarixiy qadam hisoblanadi.

AQSH Kosmik kuchlari — 1947 yildan buyon mavjud bo‘lgan yangi harbiy tuzilma hisoblanadi. Hozirda AQSH harbiy havo kuchlariga qarashli kosmik qo‘mondonligiga rahbarlik qilayotgan general Jon Reymondning fikricha, yangi kuchlarga 16 ming odam jalb etilib, oxirida 5—6 mingga yaqin odam lavozimga tayinlandi. Ta’kidlanishicha, AQSH harbiylari ixtiyoriy ravishda yangi tuzilmaga o‘tishlari mumkin.

Kosmik kuchlarni yaratish uchun ajratiladigan mablag‘ 40 million dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp kosmik qo‘shin tuzilishini rasman ma’lum qildi