Facebook kompaniyasi ushbu ijtimoiy tarmoqda Gruziya hukumati va «Gruziya orzusi» hukmron partiyasiga aloqador o‘nlab soxta akkauntlar va yuzlab sahifalar aniqlanganini ma’lum qildi. «Kommersant’»ning yozishicha, umumiy hisobda 39 ta akkaunt, 344 ta sahifa va 13 ta guruh, shuningdek Instagram’dan 22 ta akkaunt o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, soxta akkauntlardan mahalliy auditoriyani jalb qilish maqsadida foydalanilgan. Ushbu sahifalar o‘zini yangiliklar manbasi sifatida ko‘rsatgan.
Ular mamlakat ichidagi voqealar va siyosat to‘g‘risida — saylovlar, hukumat ishi, amaldorlar va hokazolar haqida xabarlar joylashtirgan. Muxolifat va mahalliy faollar tashkilotlari faoliyati esa tanqidiy yoritilgan.
«Uning ortida turgan odamlar o‘zlarining kimligini yashirishga harakat qilganiga qaramay, izlanishlarimizda ularning Gruziyadagi ‘Panda’ reklama agentligi va ‘Gruziya orzusi’ boshchiligidagi hukumat bilan aloqadorligini ko‘rsatdi», — deyiladi Facebook bayonotida.
Facebook, shuningdek, misol tariqasida ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy yetakchilar to‘g‘risidagi postlardan skrinshotlarni ham keltirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi