15:55 / 22.12.2019
3 693

Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti saylovlari g‘olibi deb e’lon qilindi

Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti saylovlari g‘olibi deb e’lon qilindi
Foto: AP Photo/Matt Dunham
Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi amaldagi prezident Ashraf G‘anini sentabrda o‘tgan prezident saylovlari g‘olibi deb e’lon qildi.
Saylov komissiyasi raisi Havo Nuristoniy 22 dekabrda saylovlarning dastlabki natijalariga yakun yasab, G‘ani ko‘pchilik ovoz olganini e’lon qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Muhammad Ashraf G‘aniga 923 ming 868 kishi yoki 50,4 foiz saylovchilar ovoz bergan. Uning asosiy raqibi – bosh vazir Abdulloh Abdulloh 720 ming 99 ovoz (39,52 foiz) olgan. Qolgan nomzodlar - Afg‘oniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyorga 70 ming 243, Rahmatilloh Nabilga esa 33 ming 921 ovoz berilgan.

Nuristoniyning aytishicha, tekshiruvlardan keyin 1 mln 824 ming 401 byulleten haqiqiy deb topilgan.

Abdulloh Abdulloh vakili Bobur Farahmand bu natijalarni soxtalashtirilgan deb atagan. “Barqarorlik va integratsiya” saylov jamoasi boshqa nomzodlarning qonuniy talablari hisobga olinmagan bu soxta natijalarni hech qachon qabul qilmaydi”, deb aytgan Farahmand.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti saylovlari g‘olibi deb e’lon qilindi