16:35 / 07.01.2020
6 801

“Eron bilan urushmaymiz!”

“Eron bilan urushmaymiz!”
AQSHning Vashington, Nyu-York, Chikaga va boshqa shaharlarida prezident Donald Trampning oxirgi harakatlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Azon.uz nashri “Yevronyus”ga tayanib.

Namoyishchilar Trampning qaroriga ko‘ra eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishini qoraladi. “Eron bilan urushmaymiz!”, “Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinsin!” deya hayqirdi ular.

Bundan tashqari, namoyishlarda qatnashganlar Yaqin Sharqqa qo‘shimcha askar jo‘natilishiga ham qarshi chiqdi.
AQSH Mudofaa vazirligi Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan o‘tgan haftada Kuvaytga 650 nafar askar jo‘natdi. Bir necha kun ichida yana 3 ming askar yuboriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Eron bilan urushmaymiz!”