09:46 / 08.01.2020
6 405

“Islomni tarqatishni bas qilinglar! Aks holda sizlarni o‘ldiramiz!”

“Islomni tarqatishni bas qilinglar! Aks holda sizlarni o‘ldiramiz!”
Chexiyaning Brno shahridagi yagona masjidning devoriga tahdidkor mazmundagi yozuv yozib ketildi. Bu haqda Chexiya xalqaro radiosi xabar bermoqda.

Avval ham bir necha bor noma’lum kishilarning hujumiga uchragan masjid devoriga “Chexiyada islomni tarqatishni bas qilinglar! Aks holda sizlarni o‘ldiramiz!” deb yozib ketilgan.

Brno shahri politsiyasining matbuot kotibi Bogumil Malashek ushbu hodisa bo‘yicha surishtiruv boshlanganini, tergov manfaatlari nuqtai nazaridan batafsil ma’lumot hozircha e’lon qilinmasligini bildirdi.

Chexiya musulmon jamoalari yetakchilari Munib Hasan Alraviy mazkur hodisani jiddiy qabul qilishganini, chunki bu internetdagi shunchaki bir luqma emasligini aytdi.

“Bu hodisani butun dunyoda masjidlarga bo‘layotgan hujumlar bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqish, shuningdek Chexiya Respublikasidagi noxush muhit va og‘ir kayfiyatni e’tiborga olish zarur”, – dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Islomni tarqatishni bas qilinglar! Aks holda sizlarni o‘ldiramiz!”