11:48 / 10.01.2020
5 957

Avstraliya tabiiy ofat iskanjasida (foto)

Avstraliya tabiiy ofat iskanjasida (foto)
2019 yilning oktabr oylarida havo haroratining isib ketishi oqibatida Avstraliyaning sharqiy hududlarida boshlangan o‘rmon yong‘inlari hozirda Yangi janubiy Uels va Viktoriya shtatlarining janubiy-sharqiy qism hududlarigacha yetib keldi.

7 million gektar o‘rmon hududini vayron etgan tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 taga yetgan, 30 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. 480 million hayvonlar umriga zomin bo‘ldi.

Qit’aning janubiy hududlari aholisi zudlik bilan evakuatsiya qilindi, mintaqaga sayyohlar tashrifi taqiqlandi.

Tabiiy ofat oqibatida 2 mingga yaqin turar joy, 3 mingga yaqin ma’muriy va xo‘jalik binolari vayron bo‘ldi.

Kuchli issiq iqlim ta’siridagi o‘rmon yong‘inlari qit’a tabiatiga, xususan, hayvonot olamiga katta xavf tug‘dirmoqda.

Faqatgina Avstraliya qit’asida tarqalgan, dunyoning noyob jonzotlaridan hisoblangan koalalarning hayotiga katta xavf paydo qilmoqda. Koala jonzotlari yashaydigan hududning 30 foiz qismi yo‘q bo‘lgan.

Hukumat tomonidan uch mingga yaqin harbiylardan iborat yordam kuchlarini jalb etilishiga qaramasdan, mana ikki oydirki, qit’adagi o‘rmon yong‘inlarini butunlay bartaraf etishga erishib bo‘lmayapti. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar xizmati taxminga ko‘ra mintaqadagi ushbu tilsiz yov ofati yana bir necha oy davom etadi.

Havoning ifloslanish darajasi qariyib 30 barobarga ko‘tarilib, rekord darajani qayd etgan.
Qit’a tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlaridan biri bundan avval 2009 yilda yuz bergan edi. Viktoriya shtatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida 181 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi bedarak yo‘qolgan edi.

1983 yilning fevral oyida qit’aning janubiy-sharqiy mintaqasida yuz bergan kuchli yong‘in dunyo tarixida “Kulga belangan chorshanba” degan nom bilan tarixga muhrlandi.

Tabiiy ofat oqibatida 3 700 bino vayron bo‘lgan, 2 545 aholi boshpanasiz qolgan, minglab ferma hayvonlari halok bo‘lgan.
Ana shunday dunyo hamjamiyatini qayg‘uga solgan, jonli tabiatning halokatiga sabab bo‘lgan ushbu ofatga ko‘pchilik qatori dunyoning mashhur insonlari ham befarq qaramadi.

Leonardo Di Kaprio, Nikol Kidman, Pink, Selesta Barber kabi Gollivudning ekofaol vakillari moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda.​
Insoniyat, hayvonot va nabotot olamiga tahdid solayotgan ushbu yong‘inlar tufayli hayvonlar insonlar ko‘magiga muhtoj bo‘lib yaqinlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya tabiiy ofat iskanjasida (foto)