Foto:«112 International»
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ko‘ra, AQSH tomonidan harbiy harakatlar kuchaymaganda Eron Ukraina samolyotini urib tushirmagan bo‘lardi. Bu haqda «The Guardian»da e’lon qilingan xabarda so‘z boradi.
Tryudo samolyotda bo‘lgan 57 nafar kanadaliklar oilasiga ta’ziya bildirar ekan shunday dedi: «Menimcha, agar mintaqada ziddiyat bo‘lmaganida edi, hozir bu kanadaliklar o‘z oilalari bilan uyda o‘tirishgan bo‘lar edi».
Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat «yadroviy qurolga ega bo‘lmagan Eron»ga bunga ehtiyojni yuzaga keltirib qo‘yilganini ta’kidladi. Tryudo Ottava Tehrondan kanadalik qurbon bo‘lgan fuqarolarning oilalariga moddiy kompensatsiya to‘lashni talab qilishi mumkinligini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron AQSH hukumati va harbiylarini Sulaymoniyni o‘ldirishda ayblab Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudda javobgarlikka tortmoqchi. Kanada hukumati rahbari shuningdek, Ruhoniydan Kanada tergovda qatnashishga ruxsat berishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni Tehron yaqinida Ukrainaga tegishli samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 176 kishi bo‘lgan. Mazkur voqea eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng, AQSH-Eron munosabatlari inqirozga uchragan vaqtda sodir bo‘ldi.
Eron tomoni hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Javod zarif uni «inqiroz vaqtidagi inson xatosi» deya atagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi