Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi. Bu haqda sobiq prezident advokati Zamir Jooshev ma’lum qilgan.
Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, sud Atambayevni hibsda saqlash muddatini ikki oyga, ya’ni 2020 yil 15 martgacha uzaytirgan. Navbatdagi sud jarayoni 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 9 avgust kuni hibsga olingan. Atambayevga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) «Alfa» maxsus kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Usenbek Niyazbekovni o‘ldirishda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 7 avgustda Qirg‘iziston Maxsus kuchlari Atambayevning Qo‘ytoshdagi qarorgohiga korrupsiya ayblovi asosida hujum qilishgan edi. Hujum natijasida 36 kishi tan jarohati olgan va bir askar halok bo‘lgan edi. Mazkur voqea ortidan Qirg‘iziston sobiq prezidentiga qotillik ayblovi ham tirkalgan.
Ikkinchi hujum 8 avgustda amalga oshirilib, Atambayev xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.
Bu hibsda saqlash muddatining ilk bor uzaytirilishi emas. Bundan oldin ham Qirg‘iziston sudi qamoq muddatini 26 oktabrgacha belgilagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi