22:13 / 16.01.2020
3 034

Turkiya Liviyaga harbiylarini jo‘natishni boshladi

Turkiya Liviyaga harbiylarini jo‘natishni boshladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyaga harbiylar yuborilishi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Erdo‘g‘an Turkiya janubiy chegaralaridagi barqarorlikni ta’minlash uchun barcha vositalardan, jumladan diplomatik vositalardan ham foydalanishini ma’lum qilgan.

«Biz Liviyaning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun bu davlatga qo‘shinlarimizni jo‘natmoqdamiz. Turkiyaning xavfsizligi uning tashqarisidan boshlanishini anglagan holda biz barcha siyosiy, tijoriy, gumanitar, diplomatik va harbiy imkoniyatlarimizni janubdagi barqarorlikni ta’minlashga safarbar qilishda davom etamiz», — degan Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga amal qilmagan liviyalik feldmarshal Xalifa Haftarga dars o‘tib qo‘yishini va’da qilgan. U «qaroqchi Xaftar» Moskvada Milliya kelishuv hukumati rahbari Fayoz Saroj bilan tinchlik sulhi tuzmasdan qochib ketganini ta’kidlagan.

2019 yil noyabrda Erdo‘g‘an va Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayyoz Sarroj harbiy sohadagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan, Turkiya parlamenti 2020 yilning 2 yanvar kuni memorandumni ma’qullagandi.

Dekabr oyida Erdo‘g‘an Liviya hududida rossiyalik oligarx Yevgeniy Prigojinga aloqadorligi aytiladigan «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasi jangchilari nima qilayotgani to‘g‘risida savol qo‘ygan, 11 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘anning kelishuvidan so‘ng «Vagner»jangchilari front chizig‘ini tark eta boshlashgandi.

Erdo‘g‘an harbiylar yuborilishi haqida Liviyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun Rossiya, Jazoir, Buyuk Britaniya, Misr, BAA, Xitoy, AQSH, Turkiya va Fransiya vakillari ishtirokida Berlinda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga ikki kun qolganida e’lon qilmoqda.

Liviyada 2015 yildan buyon qo‘shhokimlik hukm surmoqda. Mamlakat sharqini general Xalifa Haftar armiyasi nazorat qiladi, bu hukumat Beng‘ozini o‘ziga poytaxt qilgan, Fayoz Saroj boshchiligidagi Liviya milliy kelishuv hukumati esa — g‘arbda, jumladan poytaxt Tripolida hukmronlik qiladi. 2019 yil bahoridan buyon Xaftar armiyasi Tripolini egallash uchun harbiy harakatlar olib bormoqda. Saroj hukumatini Turkiyadan tashqari Italiya hamda G‘arbning boshqa mamlakatlari, xususan, AQSH qo‘llaydi, Haftar kuchlari esa Rossiyadan tashqari Misr va Saudiya Arabistoni tomonidan, shuningdek, norasmiy ittifoqchilari Fransiya va BAA tomonidan qo‘llanadi.

13 yanvar kuni Moskvada Saroj va Haftar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, uning yakunlariga ko‘ra tinchlik sulhi tuzilishi kutilgandi. Ammo Haftar bitim imzolamasdan Rossiyani tark etdi. RF Mudofaa vazirligi 14 yanvarya kuni Haftar bitimni o‘z tarafdorlari bilan muhokama qilish uchun ikki kun muhlat so‘raganini ma’lum qildi. 14 yanvar kuni kechqurun Tripolida qurolli to‘qnashuvlar tiklandi. So‘ralgan muhlat o‘tib ketgan bo‘lsada kelishuv tuzilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Liviyaga harbiylarini jo‘natishni boshladi