07:27 / 17.01.2020
3 667

Hindistonda 6,5 kilometrlik tort pishirildi

Hindistonda 6,5 kilometrlik tort pishirildi
Foto: AFP
Hindistonlik qandolatchilar jahon rekordi o‘rnatish maqsadida 6,5 kilometrlik vanil tort pishirishdi. Tortning eni bor-yo‘g‘i 10 smni tashkil qilgan. U ochiq havoda bir necha ming stol ustiga joylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ulkan shirinlikni tayyorlash ustida 4 soat davomida 1500 qandolatchi ishlagan. Tortni tayyorlash uchun 12 tonna un va shakar talab etilgan.

Ginness rekordlar kitobi qo‘mitasi tortning rekord kattalikda ekanini tasdiqlasa, u xitoylik qandolatchilar o‘rnatgan avvalgi rekordni ortda qoldiradi. Xitoyliklar 2018 yilda 3,2 kmlik mevali pirog pishirishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 6,5 kilometrlik tort pishirildi