08:20 / 17.01.2020
4 153

Afrikada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga quduq qazildi

Afrikada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga quduq qazildi
O‘zbekistondan minglab chaqirim uzoqlikdagi Afrikaning Niger davlatida yurtimizning yetuk ulamosi fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomlariga quduq qazildi.

Islom.uz nashrining yozishicha, Sahroi kabirda joylashgan mazkur quduq suvidan mahalliy aholi hozirda foydlanmoqda.

Aholisining 90% musulmonlardan iborat bo‘lgan Niger davlati, Afrikaning g‘arbiy qismida, sahroi kabir mintaqasida joylashgan. Uzoq yillardan buyon mamlakat xalqining katta qismi suvsizlikdan aziyat chekib keladi.

Ushbu xayrli ish tashabbuschilari «Islamnyus» tashkiloti vakillari bo‘lib, ular Moskva shahrida faoliyat olib boradilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga quduq qazildi