12:32 / 17.01.2020
3 848

Avstraliyada boshlangan yomg‘irlar o‘rmon yong‘inlarini o‘chirmoqda, biroq yangi xavf paydo bo‘lgan ... (video)

Avstraliyada boshlangan yomg‘irlar o‘rmon yong‘inlarini o‘chirmoqda, biroq yangi xavf paydo bo‘lgan ... (video)
Foto: Xinhua
Bir necha oy davom etgan o‘rmon yong‘inlari va qurg‘oqchilikdan keyin Avstraliyaning sharqiy qismida momaqaldiroq va kuchli yomg‘irlar boshlandi. Ular olovni butunlay o‘chira olmaydi, lekin yong‘in bilan kurashda yordam berishi mumkin. Endi o‘t o‘chiruvchilar sel va toshqinlar xavfidan ogohlantirishni boshladi, ko‘ngillilar omon qolgan koalalarga yordam berishda davom etmoqda, Australian Open xalqaro tennis musobaqasi ishtirokchilarini esa tutun ichida kortda yo‘talib o‘yin o‘tkazganligini bildirgan.

Boshqa hududlardan ko‘ra ko‘proq o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rgan Janubiy Uels va Viktoriyada 50 millimetr yog‘ingarchilik bo‘lgan. Ammo bu qurg‘oqchilikka barham berish va yong‘inni o‘chirish uchun kamlik qiladi. 16 yanvarda ushbu ikki shtatda 80 dan ortiq joyda yong‘inlar davom etgan, yomg‘irdan oldin yashin tushishi oqibatida Viktoriyadagi Greyt Otuey milliy parkida ikkita yangi yong‘in boshlangan.

‪Relief is here for a number of firefighters working across NSW. Although this rain won’t extinguish all fires, it will certainly go a long way towards containment. This footage was captured down at the Good Good Fire burning near Cooma. Video: Rolf Poole NSWRFS

Опубликовано NSW Rural Fire Service Среда, 15 января 2020 г.

Taxminlarga ko‘ra, yomg‘irlar va kuchli chaqmoqlar Avstraliya sharqida hafta oxiriga qadar davom etadi. Lekin endi qit’ada yangi xavf paydo bo‘lgan: o‘simlik dunyosi qurib bitgan yerlarda sel kelishi va toshqinlar kuzatilishi mumkin.

Hayvonlarni qutqarish uchun vertolyotdan turib ularga oziq-ovqat tashlanmoqda
Olimlar Avstraliya hayvonot olamining qanday zarar ko‘rganini hisob-kitob qilishni boshladi: turli mezonlarga ko‘ra yuzlab millionlab qurbaqa, baliq, ko‘rshapalak va hasharotlarni qo‘shib hisoblaganda milliardlab katta-kichik organizmlar nobud bo‘lgan.

Yovvoyi tabiatni qutqarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Avstraliya hukumati tomonidan 50 million dollar ajratildi. Masalan, vallabi kengurulariga yordam berish uchun vetrolyotlardan minglab sabzavotlar – shirin kartoshka va sabzilar tashlanmoqda, koalalar esa ochdan o‘lmasligi uchun daraxtlardan tushirilib qutqarib qolinmoqda.

Kenguru orolidagi tabiat parkida joylashgan vaqtinchalik shifoxonaga kuniga o‘nlab koalalar olib kelinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inlar boshlanguniga qadar orolda 46 mingga yaqin jonivor bo‘lgan, tabiiy ofatdan keyin 9 ming atrofidagi hayvonlar omon qolgan. Ushbu raqam Avstraliya hukumati tomonidan yetarli darajada halokatli deb topilgan, ammo mamlakatning boshqa qismida yong‘in ta’siridan tirik qolgan boshqa hayvonlar hali ko‘p.

Olimlarni yong‘inlar oqibatida 13 ta kamyob hayvon turlarining yo‘q bo‘lish xavfi tashvishga solmoqda, koala, kvokk va ingichka dumli qoya vallabilari shular jumlasidan. Shuningdek, 13 hayvon orasida uchta janubiy korrobori qurbaqasi, tarozili asalxo‘r qushi va g‘arbiy yer to‘tisi yo‘qolib ketish xavfida.

Australian Open tennischilari tutun ichidagi kortda bahs olib bormoqda
Yong‘inlar sabab atrofni qoplagan quyuq tutun tumani Australian Open xalqaro musobaqasi saralash o‘yinlarini o‘tkazishni qiyinlashtirdi. 14 yanvarda sloveniyalik sportchi Dalila Yakupovich birinchi setda g‘alaba qozonib, ikkinchi set oxirida kuchli yo‘tal tutib tizzalab qoldi va o‘yinni davom ettira olmasligini bildirdi. Keyinroq Yakupovich havoning ifloslanganlik darajasi yomonligini bilib turib kortga tushgani uchun o‘zidan jahli chiqayotganligini bildirdi.

Dalila Yakupovich havoning ifloslangani va og‘irligiga chiday olmay tizzalab qoldi.

Shuningdek, o‘sha kunning o‘zida Mariya Sharapovaning germaniyalik Laura Zigemund bilan ko‘rgazma uchrashuvida ikkinchi set oxirigacha o‘ynay olmadi. Kanadalik Ejeni Bushar ham kortda nafas olishga qiynalgani uchun arenani tark etdi, ukrainalik Elina Svitolina sportchilar sog‘lig‘iga putur yetmasligi, ko‘ngilsizliklarni oldini olish uchun tashkilotchilarni zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan.

14 yanvarda Melburn hokimligi shahar aholisiga iloji boricha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi. Shaharda ot poygalari va futbol mashg‘ulotlari ham bekor qilingan. Ammo Australian Open o‘yinlariga nisbatan bunday choralar ko‘rilmadi va ular bir soat kechikib boshlandi.

Ertasiga The Sydney Morning Herald nashrida sport kolumnistining turnir atrofidagi vaziyatlarga bag‘ishlangan tahliliy maqolasi nashr qilindi. Maqolada muallif «Bizni kutilmaganda otlarning salomatligi, odamlar sog‘lig‘idan ko‘ra ko‘proq tashvishlantira boshlagan?», – deya savol bergan.

15 yanvarda Australian Open tashkilotchilari uchrashuvlarni tushlik vaqtiga rejalashtirdi, maqsad o‘yinlar vaqtida kamroq tutun bo‘lishini ta’minlash edi. Ammo matchlar boshlanganidan 3,5 soat vaqt o‘tib, momaqaldiroq tufayli ular yana to‘xtatildi.

O‘sha kunning o‘zid Serena Uilyams, Roje Federer va Rafael Nadal ishtirokidagi xayriya o‘yinlari seriyasi boshlandi, tushgan mablag‘lar yong‘inlarga qarshi kurashishga jalb qilinadi. 5 million dollarga yaqin pul to‘plandi, Nadal hamda Federer 250 ming dollardan xayriya qilgan.

16 yanvarda ob-havo ancha yaxshilandi, sportchilarning o‘yinlari odatdagidek me’yoriy sharoitda o‘tdi, ammo ular hali ham tashkilotchilarni tanqid qilishda davom etmoqda. Britaniyalik tennischi Liam Broudi Twitter’da musobaqadagi sharoitlarni tanqid qildi:

«Melburn aholisiga uy hayvonlarini ko‘chada sayr qildirmaslik tavsiya etildi, biz esa jismoniy jihatdan og‘ir sharoitlarda musobaqada ishtirok etishda davom etayapmiz?»

Shuningdek, boshqa tennischilar ham shunga o‘xshash fikrlar bildirgan va allaqachon kasaba qo‘mitasi tuzadigan vaqt kelganini qayt etgan.

Australian Open direktori Kreyg Tayli ushbu fikrlarga javob qaytargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi nizolarga havoning ifloslanganlik darajasini baholashning yo‘llari juda ko‘p ekani sabab bo‘lmoqda. U tashkilotchilarning havoni baholovchi obro‘li ekspertlar, shifokorlar guruhi xulosalari va boshqa ma’lumotlarga asoslanib tennischilarga o‘yin o‘tkazish yoki uni to‘xtatish borasida tavsiylar berayotganini ta’kidlagan.

Tayli turnirning o‘z vaqtida ya’ni 20 yanvarda boshlanishi va 2 fevralda yakuniga yetishiga ishonmoqda. Zaruratga ko‘ra uchrashuvlar uchta yopiq arenada ham o‘tkazilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada boshlangan yomg‘irlar o‘rmon yong‘inlarini o‘chirmoqda, biroq yangi xavf paydo bo‘lgan ... (video)