20:38 / 17.01.2020
6 574

Rossiya boymi yoki Saudiya Arabistoni? Raqamlar oshkor qilindi

Rossiya boymi yoki Saudiya Arabistoni? Raqamlar oshkor qilindi
2019 yilning yakunlariga ko‘ra, davlatlarning xalqaro zaxiralari ma’lum qilindi. Bu haqda Islam.ru saytida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, Rossiyaning xalqaro zaxiralari 550 milliard dollar ekani ma’lum bo‘ldi. Saudiyada esa bu raqam 494,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Ta’kidlash o‘rinli, Rossiyaning tilla-valyutali zaxiralari so‘ngi 10 yilda birinchi marta Saudiyadan oshib ketdi.
Oxirgi yillarda neft narxining pasayishiga qaramay, Saudiya Arabistoni ijtimoiy va harbiy xarajatlarni yuqori darajada ushlab keldi. Rossiya esa bu davrda sanksiyalar qurshovida qolgan bo‘lsa-da, raqobatbardosh budjetni shakllantira oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya boymi yoki Saudiya Arabistoni? Raqamlar oshkor qilindi