23:05 / 17.01.2020
2 903

AQSHlik muslima ayollarning himoya metodikasi

AQSHlik muslima ayollarning himoya metodikasi
Asli Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan, ayni paytda AQSHda istiqomat qilayotgan Fayziya Lala ayollarning uchun o‘zini himoya qilishi bo‘yicha shaxsiy metodikasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Azon.uz sayti.

U bir necha bor tajovuzkor harakatlarga duch kelgani sababli shu ishga qo‘l urdi. Fayziya Lala har bir ayol uchun foydali bo‘ladigan, ular o‘zlarini himoya ostida deb his qiladigan himoya usulabini ishlab chiqdi.

Fayziya tomonidan ishlab chiqilgan dastur 12 bosqichdan iborat bo‘lib uning ichida yugurish, hujum qilish va himoyalanish kabi usullar mavjud. Usullarda taekvondo elementlari mavjud.

Jang san’ati bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘lgan Fayziya muslima talabalar uchun mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan edi. Ayni paytda uning qo‘l ostida turli dinlarga mansub yuzlab qizlar mashq qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik muslima ayollarning himoya metodikasi