22:36 / 18.01.2020
4 092

Olimlar uysiz mushuklar odamlarning jasadlarini yeyishlarini kuzatishdi

Olimlar uysiz mushuklar odamlarning jasadlarini yeyishlarini kuzatishdi
Amerikalik olimlar odam jasadlarini yegan uysiz mushuklarni kuzatib, natijalarni e’lon qilishdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashriga tayangan holda Aniq.uz nashri.

Tadqiqot davomida ikkita mushuk va o‘nlab insonlarning jasadlari qatnashdi. Hodisa joyida o‘rnatilgan kameralar yozuvlari o‘rganildi. Unga ko‘ra, mushuklardan biri, 2017 yil oxirida murdalardan bittasini yeyishni boshlagan va 35 kun davomida deyarli har kecha shu ko‘rinishda ovqatlangan. Boshqa mushuk esa dastlab hech nima yemagan, ammo keyin ketma-ket bir necha kun mobaynida odam go‘shti bilan oziqlangan.

“Ular bir necha kun davomida oziq-ovqat manbasini qidirishdi va uni odam qoldiqlaridan topishdi”, deydi tadqiqot joyidagi laboratoriya mudiri Aleksandr Smit.

2017 yilda avstraliyalik Frenk Skot o‘limidan keyin tanasini shunga o‘xshash tadqiqotga berishlarini vasiyat qilgani haqida xabar berilgan edi. U buni ilm-fan ehtiyojlari va rivoji uchun qilayotgani, chunki shifokorlar uning hayotini ko‘p marta saqlab qolishganini aytgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar uysiz mushuklar odamlarning jasadlarini yeyishlarini kuzatishdi