14:30 / 19.01.2020
3 260

Shahzoda Garri va Megan Markl maqomlari va pullaridan mahrum etiladi

Shahzoda Garri va Megan Markl maqomlari va pullaridan mahrum etiladi
Foto: Reuters
Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan mahrum etiladi. Bu haqda Bukingem qasri saytida aytiladi.

2020 yilning bahoridan boshlab Garri va Megan qirollik oilasi a’zolari vazifalarini bajarishni to‘xtatadi. Ularga Janobi oliylari / oliyalari deb murojaat qilishni ham to‘xtatishadi.

Bundan tashqari, ularga rasmiy tadbirlar uchun pul mablag‘lari ajratilmaydi.

Garri va Megan Britaniyadagi uylari — Frogmor kotteji ta’miri uchun ajratilgan pullarni ham g‘aznaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ushbu ta’mirlash ishlari soliq to‘lovchilar uchun 2,5 million funt sterlingga tushgan.

Ma’lumot uchun, 8 yanvar kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi, shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomi va u bilan bog‘liq imtiyozlardan voz kechishini e’lon qildi. Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II nabirasi va kelinining ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va Megan Markl maqomlari va pullaridan mahrum etiladi