10:40 / 20.01.2020
3 263

Gavayida hordiq o‘rniga, xunrezlik

Gavayida hordiq o‘rniga, xunrezlik
Foto: «hawaiinewsnow.com»
Gavayi orollari (AQSH)dagi Gonolulu shahrida otishma natijasida ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Hawaii News Now» mahalliy telekanali.

Otishmaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Biroq manbaga ko‘ra, otishmada gumon qilinayotgan shaxsni o‘zi yashayotgan uydan haydab chiqarishgan. Shundan so‘ng u, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, uy egasiga pichoq bilan hamla qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilarga esa gumonlanuvchi shaxs o‘q uzgan. Jarohat olgan huquq-tartibot xodimlari nihoyatda og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Ularning nimadan hayotdan ko‘z yumganini kanal ma’lum qilmayapti.

Otishmadan so‘ng jinoyatchi uyga o‘t qo‘ygan, alanga qo‘shni uylarni ham yalab o‘tgan, shuningdek, bir nechta mashina yonib ketgan. Hozir hodisa joyida yong‘inni o‘chirish xodimlari ishlamoqda.

Hukumat gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingani yoki otib o‘ldirilgani haqida xabar bermagan. Biroq, kanalga ko‘ra, hodisa joyida bo‘lgan politsiya «gumondor shaxsni faol izlamayotgan ko‘rinadi».

«CNN» telekanalining xabar berishicha, FQB xodimlari Gonoluluda «mergan» hali bartaraf etilmaganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gavayida hordiq o‘rniga, xunrezlik