06:28 / 21.01.2020
3 547

Nazarboyevning qizi Shveysariyada ko‘chmas mulk sotib oldi

Nazarboyevning qizi Shveysariyada ko‘chmas mulk sotib oldi
Foto: RIA Novosti
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara Kulibayeva Shveysariyadagi qasriga (Château de Bellerive) yondosh yerni 44 million frank evaziga sotib oldi.

Xabar qilinishicha, ushbu yer 1,5 gektardan iborat bo‘lib, o‘tgan yili Kulibayeva tomonidan sotib olingan qasr hududiga tutashib ketadi. Ushbu qasr XVII asrda qurilgan bo‘lib, Monako fuqarosi Mark Sursokdan xarid qilingan.

Dinara Kulibayeva Château de Bellerive uchun 62 million frank to‘lagani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyevning qizi Shveysariyada ko‘chmas mulk sotib oldi