17:50 / 21.01.2020
2 875

Saudiya Arabistoni armiyasida ayollardan iborat birinchi bo‘linma paydo bo‘ldi

Saudiya Arabistoni armiyasida ayollardan iborat birinchi bo‘linma paydo bo‘ldi
Foto: Arab News
Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari safida faqat ayollardan iborat birinchi harbiy bo‘linma o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar berdi Arab News'ga tayanib Daryo.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari shtab boshlig‘i general Fayod ar-Ruvayli Saudiya armiyasida birinchi ayol harbiy bo‘linmasining faoliyatiga start bergan.

2019 yil oktabrda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga quruqlik kuchlari, harbiy havo kuchlari, harbiy dengiz kuchlari, havo mudofaasi kuchlari, tibbiy xizmat va strategik raketa kuchlari safiga kichik kapral, kapral, serjant va shtab serjanti sifatida qo‘shilishiga ruxsat bergandi.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmonning o‘g‘li shahzoda Muhammad taxt vorisi bo‘lgandan buyon qirollikda juda ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu, birinchi navbatda, ayollarning jamiyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatdi. Ayollarga mashina boshqarishga, sport musobaqalarini tomosha qilish uchun maydonlarga borishga, armiya va politsiyada xizmat qilishga ijozat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni armiyasida ayollardan iborat birinchi bo‘linma paydo bo‘ldi