22:11 / 24.01.2020
4 378

Olimlar 3 ming yil avval yashagan rohibning ovozini tiklashdi (video)

Olimlar 3 ming yil avval yashagan rohibning ovozini tiklashdi (video)
Britaniyalik olimlar Misrda uch ming yilcha avval yashagan Nesyamun ismli rohibning ovozini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Scientific Reports jurnalining yozishicha, rohibning mumiyosida ovoz paylari va hiqildoq yaxshi saqlanib qolgan. Kompyuter tomografi yordamida marhumning ovoz organlarining uch o‘lchamli modeli yaratildi va 3D-printerda bosildi, u sun’iy hiqildoq va dinamik ulanib, hosil bo‘lgan ovoz yozib olindi.

Rohib Nesyamunning mumiyosi Britaniyaning Lids shahri muzeyida saqlanadi. U fir’avn Ramzes XI davrida yashagan va taxminan 50 yoshlarda vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar 3 ming yil avval yashagan rohibning ovozini tiklashdi (video)