06:00 / 25.01.2020
4 940

Olimlar Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi

Olimlar Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi
Foto: AFP
«Atomshunos olimlar byulleteni» jurnali global halokatni anglatuvchi Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi. Bu haqda Meduza nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Endi ushbu soat 23:58:20 ni ko‘rsatmoqda. Mazkur vaqt global halokat timsoli bo‘lgan yarim tunga hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagandi.

Soat millari oldinga surilishi omillari sifatida AQSH va Eron mojarosi tufayli yadroviy tahdidning o‘sishi, o‘rta va qisqa masofali raketalar haqidagi shartnomaning bekor qilinishi hamda Shimoliy Koreyani qurolsizlantirish masalasida siljish yo‘qligi keltirilgan.

Shuningdek, jurnal mualliflari global halokat yaqinlashuv sabablari sifatida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash yetarlicha bo‘lmayotgani va internetda feyk yangiliklar hamda dezinformatsiya bo‘yicha rejalashtirilgan kompaniyalar ko‘payganini ham qayd etib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Qiyomat soati loyihasi 1947 yildan beri mavjud. Undagi vaqt yilda bir marotaba o‘zgartiriladi. 2018 yil boshidan beri bu vaqt 23:58:00 ni ko‘rsatayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Qiyomat soati millarini 20 soniya oldinga surib qo‘ydi