12:00 / 25.01.2020
2 760

Rossiyada fillar sirkdan qochib chiqib, shahar aylandi (video)

Rossiyada fillar sirkdan qochib chiqib, shahar aylandi (video)
Foto: «E1.ru»
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Sankt-Peterburgga gastrolga otlanayotgan sirk truppasidan ikki fil qochib chiqib, «shahar aylanish»ga qaror qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarida voqea aks etgan video e’lon qilingan. Unda bahaybat filning qorda dumalab yotganini, yana birida esa avtomobil yo‘lini kesib o‘tayotgan filni odamlar to‘xtatishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Xabarda aytilishicha, ular Sankt-Peterburgdagi gastrolga ketayotgan «Italiya sirki» dasturida ishtirok etuvchi 45 yoshli Karl va 50 yoshli Raniya ismli fil bo‘lib, dressirovkachi hamrohligida sayrga chiqqan.

Foto: «E1.ru»
«E1.ru»ning yozishicha, dastlab fillar qochmagani, dastur yakunlanganidan so‘ng ular boshqa shaharga olib ketilayotgani aytilgan. Keyin esa ular haqiqatan ham qochib ketgani tan olingan.
Hozirda vaziyat bartaraf etilgan bo‘lib, fillar o‘z joyiga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada fillar sirkdan qochib chiqib, shahar aylandi (video)