13:20 / 25.01.2020
4 867

NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi
Foto: Depositphotos
NASA Yerga 163373 sonli asteroid yaqinlashayotgani haqida ogohlantirish berdi. Xavfli bo‘lishi mumkin deb tasniflanuvchi asteroidning diametri 440 metrdan 990 metrgacha keladi.
Samo jismi sayyoramizga 15 fevralda eng maksimal masofada yaqinlashadi. Bu masofa Oygacha bo‘lgan masofadan 15 marta kattaroq bo‘ladi.

163373 sonli asteroid 1995 yil 23 oktabrda kashf qilingan. U “Appolonlar”, ya’ni uchish orbitasi Yer orbitasiniki bilan kesishuvchi asteroidlar guruhiga mansub bo‘lib, shu sababli xavfli hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu asteroid keyingi safar sayyoramiz yonidan 2075 yildagina uchib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi